Baliqlarni noqonuniy ovlaganlar tabiatga 8 mln. dan ortiq zarar etkazgan. Bu haqda Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
O`zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirining 2024 yil 16 apreldagi 197 son buyrug`ining ijrosini ta`minlash maqsadida Aydar-Arnasoy ko`llar tizimi bo`limi davlat inspektorlari, Jizzax viloyat prokuraturasi va Jizzax viloyati IIB JXX JTSB PPX boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 26-27 aprel kunlari Aydar-Arnasoy ko`llar tizimi, Tuzkon bo`limida o`tkazilgan nazorat reyd tadbiri o`tkazilgan.
Ma`lum qilinishicha, 95 kontur hududidan Zafarobod tumani, Lolazor QFYda yashovchi fuqarolar O. R va O. A tomonidan 1 (bir) dona rezina qayiq va 65x65 mm o`lchamdagi leskali to`rlardan foydalangan holda 12 bosh zog`ora (sazan) baliqlarini, tabiiy suv havzalarida baliq ovlashga taqiq o`rnatilgan muddatlarda noqonuniy ravishda ovlab, hayvonot dunyosiga 8 mln. 160 ming so`m miqdorida zarar etkazganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 90 moddasi 4 qismiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.