1

O`zbekistonda kambag`allik chegarasi miqdori yangilandi

Jamiyat 30.04.2024, 14:41
O`zbekistonda kambag`allik chegarasi miqdori yangilandi

O`zbekistonda 1 iyuldan naqd pul orqali to`lov amalga oshirilganga fiskal cheklarni ro`yxatdan o`tkazganda beriladigan keshbeklarni bekor qilish taklif etilmoqda. Bu «Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to`g`risida»gi prezident qarori loyihasida nazarda tutilgan.

Savdo, xizmat ko`rsatish va umumiy ovqatlanish sohasida mobil ilovalar va plastik kartochkalar orqali to`lov amalga oshirilganda 1 foizli keshbek qaytarilishi davom ettiriladi. Hujjatni loyihasini ishlab chiqqanlar naqd pulsiz hisob-kitoblar bo`yicha keshbeklarni 2 foizgacha oshirish variantini ham muhokama qilmoqda. Bu haqda Soliq qo`mitasi «darakchi.uz»ga xabar berdi. 

Hujjat hali jamoatchilik muhokamasi uchun e`lon qilinmagan hamda vazirlik va mutasaddi idoralar o`rtasida kelishuv uchun chiqarilgan. Shanba kuni Soliq qo`mitasi raisi Sherzod Kudbiev va Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vaxabov loyihani tadbirkorlar bilan muhokama qildi, shu sababli hujjatga hali yana o`zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Keshbek va tovar cheklarini tizimini takomillashtirish doirasida «soliq hamkor» modulida inson omilini minimallashtirish va hamkor to`g`risidagi ma`lumotlarning oshkor etilmasligini qat`iy nazorat qilish, keshbek qaytarishni rad etishning aniq sabablarini ko`rsatish va shuningdek, sotuvchining MXIKni (mahsulotlar va xizmatlarning identifikasiya kodi) noto`g`ri kiritganini keshbek qaytarishni rad etish sabablari ro`yxatidan chiqarib tashlash rejalashtirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1