Toshkent shahri ko`chalarining birida voyaga etmagan qizga shilqimlik qilgan 27 yoshli yigit qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 1 may kuni jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudida sudya Bahrom Berdiev tomonidan voyaga etmagan qizga nisbatan shilqimlik qilgan 1997 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko`rib chiqilgan.
Sudlanuvchiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi “g” bandi bilan 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o`tash belgilandi.






