1979 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan Raximov Ozod Sadulloevich Istanbul shahrining Fatix tumanida qo`lga olindi. U u firibgarlik va odam savdosi bilan shug`ullanganlikda ayblanmoqda.Bu haqida Bosh konsullik xabar berdi.
O.Raximov Samarqand viloyatida ham fuqarolarning ko`p miqdordagi pul mablag`larini firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirgan.
2022-2023 yillar mobaynida Istanbulda bir qancha O`zbekiston va Tojikiston fuqarolarini Turkiya-Ispaniya-Nikaragua-Meksika yo`nalishi bo`ylab AQShga yuborishni va`da qilib, firibgarlik yo`li bilan ularning har biridan 10-15 ming AQSh dollari olib, va`dasini bajarmagan.
Uning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko`rgan vatandoshlarimizdan Bosh konsulxonaga yoki O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga xabar berish so`ralmoqda.