AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda MIB xodimlarini kaltaklab, ularning mashinasiga shikast etkazgan fuqaro qamaldi — video

'Qashqadaryoda MIB xodimlarini kaltaklab, ularning mashinasiga shikast etkazgan fuqaro qamaldi — video'ning rasmi

Ma`lum qilinishicha, MIBning Kasbi tuman bo`limi xodimlari tomonidan ijro hujjatiga asosan fuqaro D.P.ning 41 mln 660 ming soliq, davlat boji va ma`muriy jarimalarini undirish yuzasidan ijro harakatlari olib borilgan. Bu haqda Majburi ijro byurosi xabar berdi.  

Ijro harakatlari davomida fuqaroga qarzdorlikni to`lashi lozimligi, aks holda, qarzdorlik evaziga mulki xatlanishi tushuntirilganda, D.P spirtli ichimlik ichgan holatda ijro harakatlariga to`sqinlik qilib, xonadonida bo`lgan xo`jalik pichog`ini olib chiqib, ularni o`ldirish bilan tahdid qilgan va davlat ijrochilariga engil tan jarohati etkazgan.

Shuningdek, ijrochiga tegishli Matiz'ni dastlab pichoq bilan, pichoq singach, temir bolta bilan urib, barcha oynalarini sindirib, mashinaga jiddiy shikast etkazgan.

JIB Kasbi tumani sudida mazkur hodisa yuzasidan sud ishi ko`rib chiqildi. Sud hukmiga ko`ra, muqaddam Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga engil shikast etkazish) 2-qismi bilan ayblangan D.P. bu safar ushbu kodeksning  219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) bilan aybdor deb topilib, unga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar