Samarqandda avtomashinasidan 300 gramm geroin topilgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
2024 yil 20 aprel kuni, Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati JQB, viloyat DXX va Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Narpay tumanida tezkor tadbir o`tkazildi.
Urgut tumanida yashovchi, 1967 yilda tug`ilgan D.A. boshqaruvida bo`lgan Lacetti va 1982 yilda tug`ilgan X.Sh.ning boshqaruvidagi Lacetti-2 rusumli, avtomashinalar Narpay tumani hududidan o`tuvchi M-37 yo`lida to`xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda, avtomashina salonidan og`irligi taxminan 300 grammga teng bo`lgan geroin giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olindi.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi va 246-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zatilgan.