AsosiyJinoyat

Curxondaryoda erkak onasini bir necha marotaba pichoqlab o`ldirdi

'Curxondaryoda erkak onasini bir necha marotaba pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Surxondaryoda erkak onasini vahshiylarcha o`ldirdi. Bu haqida "Zamon" infarmasion dasturi xabar berdi.

Fajea o`tgan yil oxirida sodir bo`lgan. Sement savdosi bilan shug`ullangan, 1966 yilda tug`ilgan ayol uyida o`ldirib ketilgan. Ma`lum qilinishicha, u o`g`li bilan meros masalasida bir necha marotaba tortishgan.

2023 yilda qizini turmushga bergan ayol unga boyligining 40 foizini berishni va`da qilgan.

O`g`li singlisiga uy ham, mashina ham bermaslikni talab qilgan. Shundan so`ng, tungi soat 02:00 lar atrofida o`g`il uxlayotgan onasining bir nechta joyiga pichoq sanchgan. Chiqib ketayotganida onasining ingrashini eshitib, orqasiga qaytgan va bo`yniga ham bir necha marotaba pichoq sanchgan.

U tunda hech narsa bo`lmagandek, xotini va bolalari uxlagan xonaga kirib yotadi. Ertalab IIOga qo`ng`iroq qilib, onasini kimdir o`ldirib ketganini aytgan.

Qotil o`g`ilga nisbatan JKning 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) 2-qismi, "v" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

    Boshqa yangiliklar