AsosiyJinoyat

Bojxonachilar tadbirkordan 69,5 million so`m talab qildi

'Bojxonachilar tadbirkordan 69,5 million so`m talab qildi'ning rasmi

Qarshi shahrida ro`yxatdan o`tgan xususiy korxonasi o`ziga nisbatan bojxona organi tomonidan salkam 70 mln so`m qo`shimcha bojxona to`lovi to`lash talab qilayotganligi, buning ustiga jarima xam undirilishi belgilanganligidan norozi bo`lib Biznes-ombudsman devoniga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, tadbirkor 2022 yilda neft mahsulotlari importi bilan shug`ullangan va O`zbekistonga tovar etib kelgandan so`ng bojxona to`lovlarini to`lab, tovarni ichki bozorda realizasiya qilgan.

Oradan bir yil o`tgandan so`ng tadbirkordan 69,5 mln so`m qo`shimcha bojxona to`lovi to`lash haqida talabnoma yuboriladi.

Bundan tashqari, tadbirkor bojxona organiga to`lov miqdorini kamaytirish uchun asos bo`ladigan noto`g`ri ma`lumot taqdim qilganlikda ayblanib, ish Jinoyat ishlari bo`yicha Qarshi shahar sudiga oshiriladi va sud tomonidan ish bir tomonlama ko`rib chiqilib, tadbirkorga MJTKning 227-25-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida jarima qo`llanadi. Bu qarorni Qashqadaryo viloyat sudi ham o`zgarishsiz qoldiradi.

Biroq Biznes-ombudsman devoni xodimlari ko`magida kiritilgan shikoyat 2024 yil 7 mayda Oliy sud tomonidan ko`rib chiqilib, jarima qo`llash to`g`risidagi quyi sud qarorlari bekor qilindi,  

Tadbirkor manfaati iqtisodiy sudlarda ham himoya qilinib, 69,5 mln so`m qo`shimcha bojxona to`lovi to`lanmaydigan bo`ldi.

 

    Boshqa yangiliklar