AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda 14 ta korxonani qasddan bankrot qilmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi

'Qashqadaryoda 14 ta korxonani qasddan bankrot qilmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Shahrisabzda korxonani qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.P.” va “B.P.” MChJ mas`ul shaxslari jami 14 ta korxonadan olingan umumiy qiymati 1,3 mlrd so`mlik dori vositalarini pulini bermaslik maqsadida “S.P.” MChJni qasddan to`lovga qobiliyatsizlik holatiga keltirib, 1,2 mlrd so`mlik dori vositalarini naqd pulga sotib talon-taroj qilganliklari, shuningdek “S.P.” MChJning 719 mln so`mlik tibbiyot uskunalarini hujjatlarni qalbakilashtirish yo`li bilan “B.P.” MChJ balansiga o`tkazib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar