AsosiyJinoyat

3 qop rublni Qirg`izga o`tkazmoqchi bo`lgan shaxs 5 yilga qamaldi (video)

'3 qop rublni Qirg`izga o`tkazmoqchi bo`lgan shaxs 5 yilga qamaldi (video)'ning rasmi

Qariyb 80 mln rublni Qirg`izga o`tkazmoqchi bo`lgan shaxs 5 yilga qamaldi. Bu haqida DXX matbuot xizmati darakchi.uz ga ma`lum qildi.

Fuqaro 2023 yilning dekabr oyida Jalolobod viloyati Ola-buqa tumani bilan chegaradosh bo`lgan Namangan viloyatining Yangiqo`rg`on tumani hududidan o`tuvchi “o`zbek-qirg`iz” davlat chegarasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda qo`lga olingan. 

Chegara  tomon harakatlangan Namangan shahrida yashovchi, 1990 yilda tug`ilgan fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina to`xtatilib ko`zdan kechirilganida, uning salonida 3 dona polietilen qoplarga joylashtirilgan jami 79 mln. 994 ming 900 Rossiya rubli borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan edi.

Ta`kidlash lozimki, mazkur shaxs ushbu valyuta qimmatliklarini chegaradan o`tkazib berishi evaziga ma`lum miqdorda xizmat haqi olishi kerak bo`lgan va bunday noqonuniy harakatni muqaddam 4 marotaba amalga oshirgan.

Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Yangiqo`rg`on tuman sudi tomonidan esa ushbu shaxs Jinoyat Kodeksining 25,28,182-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tezkor tadbir davomida undan ashyoviy dalil sifatida olingan 79 mln. 994 ming 900 Rossiya rubli sud hukmiga muvofiq davlat egaligiga o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar