AsosiyJinoyat

Farg`onalik soliq to`lamagan fermerning avtomashinasi onlayn-auksionga qo`yildi

'Farg`onalik soliq to`lamagan fermerning avtomashinasi onlayn-auksionga qo`yildi'ning rasmi

Soliq to`lamagan fermerning JETOUX70 PLUS avtomashinasi xatlandi. Bu haqda MIB axborot xizmati darakchi.uz'ga xabar berdi.

Majburiy ijro byurosi Bag`dod tuman bo`limi tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish maqsadida majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.

Mana shunday ijro harakatlarining birida davlat byudjeti oldida soliq qarzdorligini o`z vaqtida to`lamagan “Serquyosh Bagʻdod” fermer xo`jaligining JETOUX70 PLUS rusumli avtomashinasi bo`lim davlat ijrochisi tomonidan joriy yilning 30 may kuni xatlovga olinib, jarima maydonchasiga qo`yilgan.

Majburiy ijro byurosi Bag`dod tuman bo`limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdor fermer xo`jaligi rahbariga avtotransport vositasi tegishli tartibda baholatilib, kelgusida elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotilishi, sotuvdan tushgan pul mablag`lari davlat byudjetiga o`tkazilishi haqida tushuntirish ishlari olib borilgan.

    Boshqa yangiliklar