AsosiyJinoyat

Chilonzorda gaz ta`minoti xodimlari qo`lga tushdi

'Chilonzorda gaz ta`minoti xodimlari qo`lga tushdi'ning rasmi

"Chilonzortumangaz" gaz ta`minoti bo`limi mahalla gazchisi va etkachi muhandisi ushlandi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbirda o`tkazilgan.

Ma`lum qilinishicha,  "Chilonzortumangaz"  gaz ta`minoti bo`limi mahalla gazchisi B.Yu. va mahallada ishlash xizmati etakchi muhandisi S.A. tadbirkor X.S.ning "Karvonsaroy" 1-tor ko`chasida joylashgan mehmonxonasida foydalanilgan tabiiy gaz uchun to`lovida aniqlangan kamchiliklar bo`yicha dalolatnoma rasmiylashtirishib, qonuniy chora ko`rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yubormaslik evaziga tadbirkordan 25 mln so`m talab qilib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar