AsosiyJinoyat

"Xizmat"ini 2000 AQSh dollariga baholagan talaba endi qonun oldida javob beradi

'"Xizmat"ini 2000 AQSh dollariga baholagan talaba endi qonun oldida javob beradi'ning rasmi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son “Davolash” fakulteti 5-bosqich talabasi, 1999 yilda tug`ilgan U.T. ham nafsning tubsiz domiga ilinganlardan. U talabalarning ishonchiga kirib, ularni universitetdagi “qo`li uzun tanishlari” orqali yakuniy test imtihonlaridan o`tkazib berishni va`da qilgan. Bu haqda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi darakchi.uz ga ma`lum qildi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida U.T. ushbu oliygohda tahsil oluvchi mahalliy fuqarodan 4 ta fanning yakuniy test imtihonlaridan o`tkazib berish uchun 2 000 AQSh dollari talab qilganligi aniqlanib, oldindan kelishilgan 1.500 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag`larini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Tezkor surishtiruv jarayonlarida ma`lum bo`lishicha, U.T. fuqarodan olgan 2 000 AQSh dollarining 700 AQSh dollarini o`zida olib qolib, qolgan 1 300 AQSh dollar pulni jinoiy sherigi "Bobur" ismli shaxsga berishni rejalashtirgan.

Hozirda holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atish rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar