Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyatining aralashuvi bilan boyaga etmagan qizni zo`rlagan erkak qo`lga olindi. Bu haqda agentlik Matbuot xizmati xabar qildi.
Voyaga etmagan shaxsga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan 31 yashar A.K. rad etib bo`lmas dalillar bilan qo`lga olingan bo`lib, unga nisbatan JKning 119-moddasi 4-qismi (jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy usulda o`n to`rt yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan qondirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Ma`lumotga ko`ra, erkak bloger niqobi ostida qonuniy xotini bo`la turib, boshqa bir erkak bilan rasmiy nikohi bekor qilinmagan ayolni o`ziga ikkinchi xotin qilib olgan. Shu bilan ham qoniqmay, ikkinchi xotinining voyaga etmagan (11 yashar) qizini ham muntazam zo`rlab kelgan.