AsosiySalomatlik

Maktablarda 1,3 million nafar bolalarda turli kasalliklar aniqlandi

Asilbek Xudayarov bolalarda qon va qon yaratish a’zolaridagi kasalliklar eng ko‘p uchrayotganini ta’kidladi.

'Maktablarda 1,3 million nafar bolalarda turli kasalliklar aniqlandi'ning rasmi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarovning “Mamlakatimizda bolalar va o‘smirlar orasidagi kasalliklar profilaktikasi hamda ularni davolash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi istiqbol rejalar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda yurtimizda bolalar sog‘ligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, birlamchi tibbiy xizmatni xalqqa yanada yaqinlashtirish borasida qator ishlar olib borilmoqda.

Birlamchi bo‘g‘inda onalar va bolalar o‘rtasida kasalliklarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash va sog‘lomlashtirish dasturlari amaliyotga joriy etilgani, bu yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam takomillashtirilishi natijasida onalar o‘limi darajasi 34 foizga, besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi esa 26 foizga kamaygan.

Respublika miqyosida, hududlar va tuman (shahar)larda “365 kun /24 soat” tamoyiliga asosan onalar va bolalarga ko‘rsatiladigan yordamni nazoratga olish, tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. 

Bolalarga ambulator tibbiy xizmat 2 300 dan ziyod oilaviy poliklinikalar, 209 ta tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, statsionar yordam esa 13,3 mingta o‘ringa ega 245 ta viloyat va tuman darajasidagi hamda 9 ta respublika muassasasi tomonidan ko‘rsatilmoqda.

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limlari va poliklinikalarda bolalar bo‘limlari tashkil etilgan. Qolaversa, barcha “tibbiyot brigadalari” tarkibiga qo‘shimcha 20 ming bolalar hamishirasi hamda patronaj-doya lavozimi joriy etilgan. Tuman, (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida “bolalar bo‘limlari”, “qizlar salomatligi” bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

A. Xudayarovning ta’kidlanishicha, respublikada har yili tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga kelgan, yuqori texnologik operatsiyalarga muhtoj o‘g‘il-qizlarda yurtimizning 8 ta tibbiyot muassasasida kardioxirurgik amaliyotlar bajarib kelinmoqda. 

Xususan, 2023 yilda 4 458 nafar bolada (2022 yilda 3 676 nafar) jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilgan. Ulardan 987 nafari kam invaziv usulda, ya’ni kesmalarsiz bajarilgan. Bolalar o‘rtasida onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida joriy yilning besh oyida 219,7 nafari ommaviy, 392,6 nafari selektiv skriningdan o‘tkazilib, 239 nafarida kasallik aniqlangan holda, sog‘lomlashtirish uchun nazoratga olingan.

Joriy yilning birinchi yarmida 1 962 ta kardioxirurgik, 460 endoskopik, 583 ta neyroxirurgik yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilib, 2 985 nafar o‘g‘il-qizda nogironlikning oldi olindi. Bundan tashqari, 200,2 ming nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq audioskriningdan o‘tkazilib, 267 nafar bolaga koxlear implantat o‘rnatilgan va eshitish qobiliyati tiklangan. 

Majlisda deputatlar sohada amalga oshirilayotgan ishlarni e’tirof etib, tibbiyot muassasalarini dori vositalari, tibbiy uskuna va sarflov ashyolari bilan to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rish, bunda kafolatlangan paket, bazaviy narxlar va imtiyozli kontingentni ixtisoslashgan tibbiy yordamga yo‘llash tartibini qayta ko‘rib chiqish lozimligini qayd etdilar.

O‘z navbatida, tibbiyot muassasalarida masofaviy xizmatlarni ko‘paytirish, poliklinika va shifoxonalarni elektron ish yuritishga o‘tkazish, tizimni raqamlashtirish bo‘yicha boshlangan ishlarni oxiriga yetkazish choralarini ko‘rish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikni oshirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha bir qator takliflar ilgari surildi. 

Majlisda A. Xudayarovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, kun tartibidagi masala yuzasidan samarali parlament nazoratini ta’minlashga kelishib olindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bosh miya kasalliklarini davolashda nanorobotlardan foydalanilishi mumkin'ning rasmi

    Salomatlik13.09.2024 15:21

    Bosh miya kasalliklarini davolashda nanorobotlardan foydalanilishi mumkin

    Shotlandiyaning Edinburg universiteti tadqiqotchilari bosh miya kasalliklarini an’anaviy neyroxirurgik operatsiyalarsiz davolash texnologiyasini yaratdi.

    'Qandli diabetni ovoz orqali aniqlash texnologiyasi yaratildi'ning rasmi

    Salomatlik12.09.2024 11:55

    Qandli diabetni ovoz orqali aniqlash texnologiyasi yaratildi

    Tadqiqotda kasallikning 2-turi tashxisi qo‘yilgan va bu patologiya aniqlanmagan 607 nafar ko‘ngilli qatnashdi.

    'Olimlar saraton hujayralarini beziyon usulda yo‘q qilish yo‘lini topdi'ning rasmi

    Salomatlik11.09.2024 15:08

    Olimlar saraton hujayralarini beziyon usulda yo‘q qilish yo‘lini topdi

    Rus olimlari saraton kasalligiga qarshi kurashishning yangi usulini kashf etdi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik10.09.2024 14:57

    'Qanday mahsulotlar tishlar salomatligi uchun foydali?'ning rasmi

    Salomatlik09.09.2024 14:21

    Qanday mahsulotlar tishlar salomatligi uchun foydali?

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab maktab o‘quvchilarining 60 foizdan 90 foizgacha va kattalarning deyarli 100 foizi tish kariyesidan aziyat chekmoqda.

    ''ning rasmi

    Salomatlik05.09.2024 17:19