AsosiyJinoyat

Farg‘onada yo‘l chetida ketayotgan 5 kishini urib yuborgan erkak qamaldi

Mast haydovchi 4 nafar piyodaning umriga zomin bo‘lgan.

'Farg‘onada yo‘l chetida ketayotgan 5 kishini urib yuborgan erkak qamaldi'ning rasmi

Farg‘onda 4 nafar piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

2024 yil 20 fevral kuni fuqaro Sh.V. Cobalt avtomashinasini Qo‘qon – Mulkobod – Gulbog‘ Pungan avtomobil yo‘lining Dang‘ara tumanidan o‘tgan qismida boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng chetida harakatlanib ketayotgan 5 nafar piyodani urib yuborib, hodisa joyidan qochib ketgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 26 yoshli haydovchining shaxsi aniqlangan va mast holda avtomobil boshqargani ma’lum bo‘lgan. O‘tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, haydovchi spirtli ichimlik ichgani va kuchli ta’sir qiluvchi "tropikamid" dori vositasini qabul qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi qamoqqa olingan.

Jinoyat ishi Qo‘qon shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Haydovchi Sh.V. sudda aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan.

Sud hukmi bilan u Jinoyat kodeksining 117-moddasi 3-qismi "a" bandi (xavf ostida qoldirish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) va 266-moddasi 3-qismi "a" bandida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Unga 3 yil barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Toshkent viloyatida oilaning barcha a’zolarini o‘ldirib, yoqib yuborgan erkak ustidan sud jarayoni boshlandi'ning rasmi

Jinoyat 15.11.2024 14:20

Toshkent viloyatida oilaning barcha a’zolarini o‘ldirib, yoqib yuborgan erkak ustidan sud jarayoni boshlandi

Vafot etganlar er-xotin va ularning 2 nafar farzandi, 1 nafar qiz jiyani bo‘lgan.

'Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi'ning rasmi

Jinoyat 14.11.2024 18:00

Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi

Namanganda YPX xodimiga pora taklif qilgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

'Samarqandda 8-sinf qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi qo‘lga olindi'ning rasmi

Jinoyat 14.11.2024 10:16

Samarqandda 8-sinf qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi qo‘lga olindi

Ish doirasida Qo‘shrabot tumani prokuraturasining sobiq ish yurituvchisi protsessual tartibda ushlangan.

'Qo‘qonda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti qo‘lga olindi'ning rasmi

Jinoyat 07.11.2024 09:58

Qo‘qonda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti qo‘lga olindi

Noqonuniy guruh a’zolariga tegishliligi bo‘yicha 6 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

'FVV, Savdo-sanoat palatasi va Ekologiya boshqarmasining mansabdorlari pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

Jinoyat 06.11.2024 14:09

FVV, Savdo-sanoat palatasi va Ekologiya boshqarmasining mansabdorlari pora bilan qo‘lga tushdi

DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Andijon viloyatlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

'Tuman hokimlari o‘rinbosarlari va yordamchilari jinoyat ustida ushlandi'ning rasmi

Jinoyat 05.11.2024 09:17

Tuman hokimlari o‘rinbosarlari va yordamchilari jinoyat ustida ushlandi

DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda bir nechta mas’ullar qo‘lga olingan.