AsosiyJamiyat

Namanganda fuqaro IIB xodimlarini pichoq va yog‘och bilan urdi

Janjal ko‘tarib, aholi tinchligini buzayotgan fuqaro IIB xodimlarini ham pichoq va yog‘och bilan urdi.

'Namanganda fuqaro IIB xodimlarini pichoq va yog‘och bilan urdi'ning rasmi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida fuqaro ichki ishlar xodimlariga jarohat yetkazdi. Bu haqda tuman IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 20:50 da "Farg‘ona" mahallasida yashovchi fuqarolar murojaat qilib, K.Q. ismli shaxs aholi tinchligini buzayotgani va janjal qilayotganini bildirgan.

Hududga tungi xizmatga biriktirilgan ikki nafar profilaktika inspektori hodisa joyiga yetib borib, K.Q. sodir etilayotgan bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan.

Ammo fuqaro xodimlarning qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan. Qo‘lidagi xo‘jalik pichog‘i hamda yog‘och bo‘lagi bilan ularni urib, jarohat yetkazgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayblanuvchi qamoqqa olindi, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:09

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.