AsosiyDunyo

Qozog‘iston va O‘zbekiston havo hududini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazmoqda

Mashg‘ulotlar davomida havo kuchlari uchuvchilari Qirg‘iziston va Tojikiston havo kengliklarida parvoz qilmoqda.

'Qozog‘iston va O‘zbekiston havo hududini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazmoqda'ning rasmi

10-14 sentyabr kunlari Qozog‘iston va O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari harbiy xizmatchilari hamda havo hujumidan mudofaa mutaxassislari ishtirokida “Ashiq Aspan-2024” xalqaro tezkor-taktik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mashg‘ulotlar do‘st mamlakatlar harbiy qo‘mondonlik va boshqaruv organlarining hamjihatligini oshirish, havo hujumidan mudofaa kuchlari va vositalaridan birgalikda foydalanish masalalarini ishlab chiqish, jangovar vazifani bajarishning alohida holatlarida qo‘mondonlarga harbiy qismlarni boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berishdan iborat, deyiladi Qozog‘iston tomonidan tarqatilgan xabarda.

Unda frontdagi vertolyotlar, armiya va harbiy transport samolyotlari, shuningdek, havo hujumidan mudofaa kuchlarining kuchlari va vositalari ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar davomida havo kuchlari uchuvchilari Qirg‘iziston va Tojikiston havo kengliklarida parvoz qilmoqda.

– Bunday mashg‘ulotlarni muntazam ravishda o‘tkazib turamiz. Ular do‘st mamlakatlar harbiy xizmatchilariga havo hujumidan mudofaa missiyalarini birgalikda bajarish, jangovar ekipajlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy tajriba orttirish, shuningdek, mamlakatlarimiz mudofaa qobiliyatini oshirish imkonini bermoqda, – dedi Qozog‘iston Respublikasi Qurolli Kuchlari Havo hujumidan mudofaa kuchlari Bosh qo‘mondoni, aviatsiya general-leytenanti D.Kosanov.

Mashg‘ulotning o‘ziga xos jihati davlat chegarasi yoki chegara qoidalari buzilgan taqdirda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining jangovar ekipajlari bilan qo‘shni davlatlar (Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston) qo‘mondonlik punktlari va nazorat punktlarining o‘zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqish bo‘ldi.

    Boshqa yangiliklar

    '"Biz uchun eng katta xavf Putinning Ukraina ustidan qozonadigan g‘alabasi bo‘ladi” — Stoltenberg'ning rasmi

    Dunyo17.09.2024 15:54

    'Germaniya chegara nazoratini kuchaytirmoqda'ning rasmi

    Dunyo16.09.2024 22:41

    Germaniya chegara nazoratini kuchaytirmoqda

    Hukumat shu orqali noqonuniy migratsiyani to‘xtatmoqchi.

    'Yevropada suv toshqinlari kuchaymoqda'ning rasmi

    Dunyo16.09.2024 14:51

    Yevropada suv toshqinlari kuchaymoqda

    “Boris” to‘foni Avstriya, Chexiya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya va Vengriyani qamrab oldi.

    'Trampga yana suiqasd uyushtirishga urinish bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo16.09.2024 08:58

    Trampga yana suiqasd uyushtirishga urinish bo‘ldi

    Otishma Tramp golf klubidan chiqib ketayotganida sodir bo‘lgan.

    'Turkiyadagi fabrikada sodir bo‘lgan portlashda 30 ga yaqin odam jarohatlandi'ning rasmi

    Dunyo16.09.2024 08:51

    Turkiyadagi fabrikada sodir bo‘lgan portlashda 30 ga yaqin odam jarohatlandi

    Jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi ma’lum qilindi.

    'Rossiyada bolalarni jinsiy zo‘rlagan o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi'ning rasmi

    Dunyo13.09.2024 14:01