Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov boshchiligidagi delegatsiya Amerika qo‘shma shtatlarida bo‘lib, bojxona sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim uchrashuvlar va muzokaralar olib borishmoqda.
Tashrifning asosiy voqeligi – Vashingtonda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov hamda AQSHning Bojxona chegara xizmati komissari Troy Miller o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston-AQSH o‘rtasida diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng o‘tgan 32 yil davomida ikkala davlat bojxona xizmatlari rahbarlari o‘rtasida bu formatdagi yuzma-yuz rasmiy uchrashuv ilk bor o‘tkazilmoqda. Shu bois hozirga qadar o‘zaro hamkorlikning huquqiy asosi ham mavjud bo‘lmagan.
Rahbarining 2018 va 2023 yillarda AQSHga amalga oshirgan tashriflari davomida erishilgan muhim kelishuvlar barcha sohalarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga yo‘l ochib berdi.