AsosiyDunyo

Makron prezidentlikdan chetlatilishi mumkin

Milliy assambleya bu bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini ma’qulladi.

'Makron prezidentlikdan chetlatilishi mumkin'ning rasmi

Fransiya Milliy assambleyasi byurosi mamlakat Prezidenti Emmanuel Makronga nisbatan impichment jarayonini boshlash bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini ma’qulladi, deya xabar bermoqda zamon.uz.

 Qayd etilishicha, Milliy uyushma byurosi Emmanuel Makronni hokimiyatdan chetlatish rejasini ma’qullagan.

 Makronni hokimiyatdan chetlatish taklifini “Yengilmas Fransiya” so‘l partiyasi ilgari surgan. Endilikda parlament quyi palatasining oliy kollegial organi bo‘lgan Milliy uyushma byurosida 22 nafar a’zodan 12 nafari so‘l partiya vakillari bo‘lib, xabar qilinganidek, rezolyutsiyani qabul qilish uchun ulardan 12 nafari ovoz bergan.

 Agar rezolyutsiya ushbu bosqichdan o‘tsa, parlamentning har ikki palatasi umumiy yig‘ilish o‘tkazadi. Mazkur rezolyutsiyani 925 nafar deputatdan kamida 617 nafari qo‘llab-quvvatlasa, Makron zudlik bilan prezidentlik lavozimini tark etishi kerak bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar