AsosiySiyosat

Prezident Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi

Mintaqada samarali transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

'Prezident Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Vitaliy Savelev, Rossiya Prezidenti maslahatchisi Igor Levitin va "Rossiyskiye jeleznie dorogi" kompaniyasi boshqaruvi raisi Oleg Belozyorovdan iborat delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuv avvalida Rossiya delegatsiyasi a’zolari davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Joriy yilning 26-28 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mintaqada samarali transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Transport sohasida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, avtomobil, temir yo‘l va aviatsiya yo‘nalishlarida sheriklikni yanada kengaytirish, yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash muhimligi qayd etildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha AQSH bilan muzokaralarni yakunladi'ning rasmi

    Siyosat 20.12.2024 11:16

    O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha AQSH bilan muzokaralarni yakunladi

    O‘zbekiston 1994 yilda JSTga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan va 2020 yildan buyon bu yo‘nalishda faol ish olib bormoqda.

    'Kiprda O‘zbekistonning birinchi elchisi ish boshladi'ning rasmi

    Siyosat 20.12.2024 08:47

    Kiprda O‘zbekistonning birinchi elchisi ish boshladi

    O‘zbekiston va Kipr o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1997 yilda o‘rnatilgan.

    '184 nafar rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oila xonadoniga biror marta bormagan — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 13.12.2024 10:54

    184 nafar rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oila xonadoniga biror marta bormagan — Prezident

    Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.

    'Endi qurilish sabab atmosferani ifloslantirgan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin'ning rasmi

    Siyosat 13.12.2024 08:16

    Endi qurilish sabab atmosferani ifloslantirgan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, 500 kv.m.lik ochiq qurilish maydonidan yiliga o‘rtacha 50 tonna chang va qum havoga ko‘tariladi.

    'Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘lishi kutilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 11.12.2024 15:29

    Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘lishi kutilmoqda

    Bungacha Ishmetov prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

    'Markaziy bank raisi vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 11.12.2024 12:43

    Markaziy bank raisi vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda

    Prezident tomonidan Senatga taqdimnoma kiritildi.