AsosiySiyosat

O‘zbekistonda oltin quymalar narxi bir oyda to‘rt marta rekord darajada oshdi

Yil boshidan buyon ushbu qimmatbaxo metall narxi 30 foizdan ortiq qimmatladi.

'O‘zbekistonda oltin quymalar narxi bir oyda to‘rt marta rekord darajada oshdi'ning rasmi

O‘zbekistonda 23 sentyabr kuni oltin quyma va esdalik tangalar narxi yangi yuqori darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Bir gramm oltin tannarxi 1 108 980 so‘mni tashkil qildi va 20 sentyabrdagi narxga nisbatan 21,5 foizga qimmatladi. Besh grammlik oltin quyma uchun 5 million 545 ming so‘mdan taklif qilinmoqda.

Sentyabr oyi boshidan buyon mahalliy bozorda qimmatbaho metalning chakana narxi to‘rtinchi marta o‘zining maksimal qiymatini yangiladi. To‘qqiz oydan kamroq vaqt ichida u 30,8 foizga o‘sdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1 sentyabrda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 39,15 milliard dollarga yetdi. 

Oltin quymalar nima va ulardan qanday foydalanish mumkin?

Oltin quymalar — og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar. Maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadog‘i sertifikat vazifasini bajaradi va o‘z seriya raqamiga ega bo‘ladi.

Oltin quymalari himoyalangan qadoqlarda sotiladi va ularni bemalol uyda yoki bankda — individual bank yacheykalarini ijaraga olgan holda saqlash mumkin. Ularning narxi bir hafta ichida bir necha marta o‘zgarishi mumkin. Oltin quymalarini faqat banklarga sotish mumkin.

Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

Oltin boshqa metallar singari giperinflyatsiya va moliyaviy bozorlardagi global tartibsizlik davrida ham nol darajada qadrsizlanmaydi. Shu ma’noda u haqiqatan ham qimmatli qog‘ozlar va valyutaga qaraganda ishonchliroqdir.

Biroq, boshqa tomondan, oltin narxi juda o‘zgaruvchan. Qisqa muddatga sarmoya kiritishga qaror qilganlar uchun bunday investitsiya foydali bo‘lishiga kafolat yo‘q. Shuning uchun qimmatbaho metallarga sarmoya kiritish odatda uzoq muddatli (10-20 yil) sarmoya sifatida tavsiya etiladi. Uzoq muddatda ularning qiymatining o‘sishi ko‘pincha inflyatsiyadan o‘zib ketadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Abdulla Aripov Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Siyosat 27.12.2024 13:26

    Abdulla Aripov Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurdi

    Bosh vazir qardosh Ozarbayjon xalqiga ta’ziya bildirdi.

    'O‘zbekiston 2025 yilda Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Siyosat 26.12.2024 20:22

    O‘zbekiston 2025 yilda Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi.

    'Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi'ning rasmi

    Siyosat 26.12.2024 16:37

    Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi

    Komissiya davlat organlariga bir qator tavsiyalar berdi.

    'Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 25.12.2024 19:18

    Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

    Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik hamda umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashda MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish borasidagi dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

    'Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon va Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

    Siyosat 25.12.2024 15:43

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon va Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi

    Davlat rahbari Oqtouda samolyot halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.

    '"Axlat uchun pul to‘lamaganlar qorong‘ida o‘tiradimi?'ning rasmi

    Siyosat 24.12.2024 15:39

    "Axlat uchun pul to‘lamaganlar qorong‘ida o‘tiradimi?

    O‘zbekistonda chiqindidan qarzini to‘lash uchun fuqarolarga 5 kun muhlat beriladi.