AsosiyJinoyat

Samarqandda fuqarolarni Isroilga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

'Samarqandda fuqarolarni Isroilga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Samarqand shahrida fuqarolarni Isroilga ishga yuborishni aytib, ulardan pul olgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan U.V. va F.F.  uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Isroil davlatiga ishga yuborishlari evaziga jami 52 700 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan. 

U.V. va F.F. tomonidan o‘z aybiga iqror bo‘lib, fuqarolardan qo‘lga kiritgan pullari hisobidan 7 ming dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Xuddi shunday, Samarqand shahridagi “E.L.” nodavlat ta’lim muassasasi ish yurituvchisi U.H. fuqarolar Z.Z. va B.A.ni ushbu o‘quv markazida o‘qitib, keyinchalik Isroil davlatiga ishga yuborishi evaziga jami 6 700 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda 8-sinf qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat Bugun 10:16

    Samarqandda 8-sinf qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi qo‘lga olindi

    Ish doirasida Qo‘shrabot tumani prokuraturasining sobiq ish yurituvchisi protsessual tartibda ushlangan.

    'Qo‘qonda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 07.11.2024 09:58

    Qo‘qonda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti qo‘lga olindi

    Noqonuniy guruh a’zolariga tegishliligi bo‘yicha 6 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    'FVV, Savdo-sanoat palatasi va Ekologiya boshqarmasining mansabdorlari pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 06.11.2024 14:09

    FVV, Savdo-sanoat palatasi va Ekologiya boshqarmasining mansabdorlari pora bilan qo‘lga tushdi

    DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Andijon viloyatlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

    'Tuman hokimlari o‘rinbosarlari va yordamchilari jinoyat ustida ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 05.11.2024 09:17

    Tuman hokimlari o‘rinbosarlari va yordamchilari jinoyat ustida ushlandi

    DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda bir nechta mas’ullar qo‘lga olingan.

    'Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida advokatlarning noqonuniy qilmishlari fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 04.11.2024 18:20

    Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida advokatlarning noqonuniy qilmishlari fosh etildi

    Hozirda mazkur advokatlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Toshkentda uch yoshli bolani pichoqlab o‘ldirgan yigitning umrbodga qamalgani rad etildi'ning rasmi

    Jinoyat 30.10.2024 11:02

    Toshkentda uch yoshli bolani pichoqlab o‘ldirgan yigitning umrbodga qamalgani rad etildi

    Ayni paytda jinoyat ishi sudda mazmunan ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.