Rossiya energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Pavel Sorokinning ma’lum qilishicha, Rossiya neftining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kirib kelishi 2024 yilning yanvar—avgust oylarida 2023-yilga nisbatan 30 foizga oshgan. Bu haqida zamon.uz xabar berdi.
Pavel Sorokin Federatsiya Kengashi va Qozog‘iston Senati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha komissiyaning 22-yig‘ilishda, joriy yilda O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmi sezilarli darajada oshganini ta’kidlagan.
Shuningdek, 2023 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga yetkazib berilayotgan neft hajmi 154,3 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yil oxiriga kelib bu hajmni 500 ming tonnadan ortiqroqqa yetkazish rejalashtirilgan.
Buning natijasida yoqilg‘i narxlari tushishi yoki neft yetkazib berish hajmining oshirilishi yoqilg‘i narxlariga umuman ta’sir etmasligi haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.