AsosiyDunyo

Endi Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida ruxsatnoma blankalarisiz yuk tashiladi

Tojikiston parlamenti O‘zbekiston bilan yuk tashishni soddalashtirishni ma’qulladi.

'Endi Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida ruxsatnoma blankalarisiz yuk tashiladi'ning rasmi

Endilikda Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida yuk tashish uchun ruxsatnoma blanklari talab etilmaydi. Bu Tojikiston parlamentining quyi palatasi ratifikatsiya qilgan ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi “Xalqaro avtomobil aloqasi to‘g‘risida”gi bitimga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar haqidagi protokolda belgilangan.  

Tojikiston Transport vaziri Azim Ibrohim parlament yig‘ilishida nutq so‘zlab, tuzatishlar ikki davlat hududi orqali yuk tashuvchi avtomobillar uchun tranzitni soddalashtirishni nazarda tutishini ta’kidladi. Unga ko‘ra, bu o‘zgartirishlardan so‘ng yuk tashuvchi transport vositalari tranziti ruxsatnoma blankalarisiz amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, tojikistonlik yuk tashuvchilar har yili O‘zbekiston hududi orqali 36 mingdan ortiq tranzit amalga oshiradi. Ratifikatsiyadan keyin tranzit tashuvlar ikkala davlat hududida ham “dozvol” deb ataluvchi bir martalik ruxsatnomasiz amalga oshiriladi.

“Mazkur protokol Tojikiston tomonidan tranzit sharoitlarini yaxshilash va mamlakatni tranzit davlatga aylantirish bo‘yicha strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun imzolangan”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, ushbu protokol kuchga kirishi uchun Tojikiston parlamentining quyi palatasi tomonidan ratifikatsiya qilinishi zarur bo‘lgan. Tojikiston qonunchiligiga ko‘ra, xalqaro kelishuvlar “Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun bilan bir qatorda parlamentning yuqori palatasiga ko‘rib chiqish uchun yuborilmaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sansiyalar kiritishga rozi bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 16.12.2024 20:02

    Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sansiyalar kiritishga rozi bo‘ldi

    Ro‘yxat 16 kishidan iborat bo‘lib, unga asosan Rossiya hamda Gruziya va Moldova fuqarolari kiritilgan.

    'Oqilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi rahbari lavozimidan ketdi'ning rasmi

    Dunyo 16.12.2024 09:39

    Oqilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi rahbari lavozimidan ketdi

    Japarovning iste’fosi butun Vazirlar Mahkamasi iste’fosiga olib kelmaydi.

    'Asad o‘zining "hashamatli" turmush tarzini ommadan yashirgan'ning rasmi

    Dunyo 14.12.2024 18:27

    Asad o‘zining "hashamatli" turmush tarzini ommadan yashirgan

    Asad oilasi “mahalliy aholi orasida ajralib turmaslikka” harakat qilgan, siyosatchining qarindoshlari “kamtarona kiyingan”, shuningdek, “oddiy mashinalar” haydagan.

    'Bayden afv etish bo‘yicha rekordga qo‘ydi'ning rasmi

    Dunyo 13.12.2024 12:00

    Bayden afv etish bo‘yicha rekordga qo‘ydi

    Bir kunda 1500 nafar shaxsni afv qilindi.

    'AQSH Ukrainaga yana 500 million dollarlik yangi harbiy yordam yubormoqda'ning rasmi

    Dunyo 13.12.2024 08:24

    AQSH Ukrainaga yana 500 million dollarlik yangi harbiy yordam yubormoqda

    Yordam paketiga o‘q-dorilari va tankga qarshi qurollar, dron hamda boshqa harbiy texnikalar kiradi.