AsosiyJamiyat

Yana bir xonanda jarimaga tortildi

Avtomobilini 197 km/soat tezlikda haydab, uni ijtimoiy tarmoqqa joylagan xonanda Osman Navruzovga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.

'Yana bir xonanda jarimaga tortildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Osman Navro‘zov avtomobilida yuqori tezlikda haydagani aks etgan video tarqaldi. Yo‘l harakati qoidalarni chetlab o‘tgan xonandaga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Navro‘zov kecha, 3 oktyabr kuni 197 km/soat tezlikda harakatlarib ketayotganida o‘zi uchun video suratga olgan.

Bilmasdan videoni storiyesga qo‘yganim uchun xalqimizdan uzr so‘rayman va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan, Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlaridan uzr so‘rayman. Bunaqa tezlikda qayta harakatlanmaslikka va’da beraman va sizga ham buni tavsiya qilmayman. O‘zimni haydovchilik guvohnomamni topshiryapman. Bu to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib boradilar", deydi qo‘shiqchi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati barcha harakat ishtirokchilaridan yo‘llarda belgilangan tartib va qoidalarga rioya etishlarini so‘radi.

    Boshqa yangiliklar