2026 yil 1 dekabrga qadar ilg‘or xorijiy tajriba asosida 1800 ta kasbni qamrab oluvchi kasbiy standartlar ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi ta’minlanadi.
Bu borada "O‘zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezidentning PQ-345-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari institutining 40 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutini tashkil etish ham nazada tutilmoqda.
2025 yil 1 noyabrgacha Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasi ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi ta’minlanadi.