AsosiySiyosat

Toshkentda Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tadi

30 dan ortiq mamlakatdan 60 ga yaqin kompaniya, 120 dan ortiq delegatlar va xaker Jeyson Streyet ishtiroki kutilmoqda.

'Toshkentda Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tadi'ning rasmi

Joriy yilning 9-10 oktyabr kunlari Toshkent shahrida  “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2024” II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tadi. 

Tadbirda 30 dan ortiq mamlakatdan 60 ga yaqin kompaniya, 120 dan ortiq delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda. 

Bundan tashqari kibermakonda malakali mutaxassis, xaker Jeyson Streyet ham o‘z taqdimoti bilan ishtirok etadi. 

“CSS-2024” kiberxavfsizlik sammitining asosiy maqsadi mintaqaviy kiberhamjamiyat uchun o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy yechimlarni namoyish etish, eng muhimi, o‘zaro manfaatli asosda yangi imkoniyatlarni ochish uchun yuqori darajadagi xalqaro interaktiv platforma yaratishdan iborat.

“CSS-2024” ikki kunlik tadbir bo‘lib, dastlabki kun tartibidan Markaziy Yevroosiyo davlatlaridan kelgan malakali ekspertlari sohaning hozirgi holati hamda undagi muammolarning samarali yechimi haqida fikr yuritadi.

Sammit dasturi doirasida yalpi muhokamalar, taqdimot sessiyalari, ko‘rgazma maydoni va bir qator qiziqarli tarmoq tadbirlariga to‘la bo‘lib, barcha ishtirokchilarga texnologiyalar va yechimlarni samarali va foydali tarzda namoyish etish hamda yangi biznes aloqalarini yaratish imkonini beradi.

Sammitning yuqori darajali qaror qabul qiluvchilar, kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlari auditoriyasi dinamik global xavfxatar manzarasini va mintaqa mamlakatlariga raqamlashtirish orqali taqdim etilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlardan to‘liq foydalanishda qanday yordam berishi mumkinligini o‘rganadi.

Sammitning umumiy mavzusi raqamli dunyoda kiberxavfsizlikning ahamiyati: yechimlar, tahdidlar va hamkorlik, muhim infratuzilma va biznes aktivlarini himoya qilishga qaratilgan. Bu yilgi sammitda 60 ga yaqin ma’ruzachilar o‘z kompaniyalari va takliflarini taqdim etadilar.

Ta’kidlash joizki, “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning so‘nggi yillarda mamlakatimiz kiberxavfsizligi sohasida amalga oshirgan sa’y-harakatlari natijasida, Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi tomonidan davriy o‘tkaziladigan “Global Cybersecurity Index 2024” kiberxavfsizlik indeksida O‘zbekiston +18.09 ballga yuqorilab, 89,2 ball ko‘rsatgichga erishdi va Rossiya, Qozog‘iston, Azarbayjon davlatlari darajasiga yetib oldi. 2020 yilda e’lon qilingan hisobotda O‘zbekiston 71,11 ball ko‘rsatkichni qayd etgan edi.

Shu bilan birga, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari, dasturlash va robototexnika yo‘nalishlarida yoshlarni shakllantirish va ularning intellektual va ijodiy yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tashabbusi bilan 14 – 30 yoshdagi shaxslarni jalb qilgan holda “Cyberkent 2.0” musobaqalari tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Navoiyga boradi'ning rasmi

    Siyosat 31.10.2024 11:08

    Shavkat Mirziyoyev Navoiyga boradi

    Tashrif davomida yirik sanoat obyektlari bilan tanishish va yangi loyihalarga start berish rejalashtirilgan.

    'O‘zbekistonning JSTga a’zoligi YAIM o‘sishiga yordam berishi prognoz qilinmoqda'ning rasmi

    Siyosat 31.10.2024 08:14

    O‘zbekistonning JSTga a’zoligi YAIM o‘sishiga yordam berishi prognoz qilinmoqda

    YAIM 5-7 yil ichida YAIM qo‘shimcha 17 foizga o‘sishi kutilmoqda

    'O‘zbekistonning JSTga a’zoligi yaqin 5-7 yil ichida YAIM qo‘shimcha 17 foizga o‘sishiga yordam berishi prognoz qilinmoqda'ning rasmi

    Siyosat 30.10.2024 20:19

    O‘zbekistonning JSTga a’zoligi yaqin 5-7 yil ichida YAIM qo‘shimcha 17 foizga o‘sishiga yordam berishi prognoz qilinmoqda

    Yig‘ilishda xizmatlar sohasini rivojlantirish, ayniqsa, dengizga chiqa olmaydigan O‘zbekiston kabi davlatlar uchun o‘ta muhimligiga alohida urg‘u berildi.

    'O‘zbekistonning yangi elchisi Pokiston Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi'ning rasmi

    Siyosat 29.10.2024 11:56

    O‘zbekistonning yangi elchisi Pokiston Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

    O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Alisher To‘xtayev 6 oktyabr kuni Islomobodga tashrif buyurgan edi

    'Qo‘ng‘irot – Beyneu avtomobil yo‘lining yangidan qurilgan 240 kilometr qismi foydalanishga topshirildi'ning rasmi

    Siyosat 25.10.2024 21:25

    'Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati tugatildi'ning rasmi

    Siyosat 25.10.2024 09:20

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati tugatildi

    Prezident Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligi tashkil etildi.