AsosiyDunyo

O‘zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilari Fransiyaga malaka oshirishga yuboriladi

2025 yilda 200 nafar o‘qituvchi grant asosida malaka oshirishga boradi.

'O‘zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilari Fransiyaga malaka oshirishga yuboriladi'ning rasmi

O‘zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilari grant asosida Fransiyaga malaka oshirishga yuboriladi. Bu haqda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova xabar berdi.

“Fransiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammitida ishtirok etdik. Sammit doirasida turli uchrashuvlar bo‘lib, muhim kelishuvlarga erishyapmiz”, deb yozdi vazir o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Uning bildirishicha, 7 oktyabr kuni Nitssadagi Frankofoniya universiteti rahbari Yann Librati bilan uchrashdi. Uchrashuvda Librati O‘zbekiston fransuz tili yo‘nalishida mintaqaviy “hab”ga aylanishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuvda turli malaka oshirish dasturlari va o‘zaro tajriba almashuvlarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi. Fransuz tomoni ushbu yo‘nalishlarda yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuv so‘ngida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nitssadagi Frankofoniya universiteti o‘rtasida 2025 yil davomida 200 nafar o‘zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilarini grant asosida Fransiyaga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda fransuz tili 600 ga yaqin maktablarda xorijiy til sifatida va 100 ga yaqin maktablarda ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitib kelinmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '“Rus tilini bilmaydigan migrant bolalar maktabga qabul qilinmaydi”'ning rasmi

    Dunyo 12.11.2024 18:45

    “Rus tilini bilmaydigan migrant bolalar maktabga qabul qilinmaydi”

    Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin migratsiya siyosatini o‘zgartirish bo‘yicha yana bir qonun loyihasi tayyorlanayotganini aytdi.

    'Ukraina Rossiya bilan muzokaralarni boshlashga tayyorlanmoqda'ning rasmi

    Dunyo 12.11.2024 13:41

    Ukraina Rossiya bilan muzokaralarni boshlashga tayyorlanmoqda

    AQSHning Kiyevga yordamni qisqartirishi xavfi bor.

    'Shigeru Ishiba Yaponiya bosh vaziri etib qayta saylandi'ning rasmi

    Dunyo 12.11.2024 10:12

    Shigeru Ishiba Yaponiya bosh vaziri etib qayta saylandi

    30 yil ichida birinchi marta saylovlarning birinchi bosqichida bosh vazir saylanmagan.

    'Putin va Trampning muloqot qilgani rad etildi'ning rasmi

    Dunyo 12.11.2024 08:14

    Putin va Trampning muloqot qilgani rad etildi

    Avvalroq, Tramp Putindan Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirmaslikni so‘ragani haqida xabarlar tarqalgan edi.

    'Donald Tramp AQSHning 47-prezidenti bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 11.11.2024 18:02

    Donald Tramp AQSHning 47-prezidenti bo‘ldi

    Xalqaro munosabatlarda nimalar kutilyapti?

    'Rossiyada migrantlar uy ijaraga olishi qiyinlashadi'ning rasmi

    Dunyo 11.11.2024 12:29

    Rossiyada migrantlar uy ijaraga olishi qiyinlashadi

    Bu haqida Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari ma’lum qildi.