AsosiySiyosat

O‘zbekiston elchisi Kuvayt Amiriga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi

Kuvayt Amiri shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh Elchi Ayubxon Yunusovni lavozimga kirishi bilan tabrikladi.

'O‘zbekiston elchisi Kuvayt Amiriga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi'ning rasmi

O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt Amiri shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Sabohga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Tadbir davomida, shuningdek, Tanzaniya, Meksika, Braziliya, Gruziya va Vetnam elchilari ham Kuvayt Amiriga o‘zlarining ishonch yorliqlarini taqdim etishdi.

Tantanali marosimdan so‘ng, kechgan muloqot davomida Amir shayx shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 2023 yil iyul oyida Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" Strategik muloqoti birinchi sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan suhbatni iliq taassurotlar bilan yodga oldi.

Kuvayt Amiri mamlakatimiz elchisini ushbu lavozimga kirishi bilan tabriklab, ikki davlat munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Eslatib o‘tamiz,O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Ayubxon Yunusov shu yil 6 fevral kuni Kuvayt poytaxtiga tashrif buyurgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha AQSH bilan muzokaralarni yakunladi'ning rasmi

    Siyosat 20.12.2024 11:16

    O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha AQSH bilan muzokaralarni yakunladi

    O‘zbekiston 1994 yilda JSTga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan va 2020 yildan buyon bu yo‘nalishda faol ish olib bormoqda.

    'Kiprda O‘zbekistonning birinchi elchisi ish boshladi'ning rasmi

    Siyosat 20.12.2024 08:47

    Kiprda O‘zbekistonning birinchi elchisi ish boshladi

    O‘zbekiston va Kipr o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1997 yilda o‘rnatilgan.

    '184 nafar rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oila xonadoniga biror marta bormagan — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 13.12.2024 10:54

    184 nafar rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oila xonadoniga biror marta bormagan — Prezident

    Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.

    'Endi qurilish sabab atmosferani ifloslantirgan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin'ning rasmi

    Siyosat 13.12.2024 08:16

    Endi qurilish sabab atmosferani ifloslantirgan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, 500 kv.m.lik ochiq qurilish maydonidan yiliga o‘rtacha 50 tonna chang va qum havoga ko‘tariladi.

    'Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘lishi kutilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 11.12.2024 15:29

    Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘lishi kutilmoqda

    Bungacha Ishmetov prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

    'Markaziy bank raisi vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 11.12.2024 12:43

    Markaziy bank raisi vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda

    Prezident tomonidan Senatga taqdimnoma kiritildi.