AsosiySiyosat

Prezident Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi

Davlatimiz rahbari yangi aeroportda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 2 barobar oshirib, soatiga 8 ta samolyot kelish-ketishiga imkoniyat yaratish zarurligini ta’kidladi.

'Prezident Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 oktyabr kuni Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Mamlakatimizda aeroportlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu yilning o‘zida Shahrisabz, Qo‘qon va Zomin aeroportlari ishga tushirildi, Namangan va Andijonda esa modernizatsiya boshlandi.

Aeroportlar boshqaruviga xususiy sektor jalb qilinayotgani ham o‘z samarasini berayapti. Xususan, Samarqand xalqaro aeroporti xususiy boshqaruvga berilib, modernizatsiya qilingach parvozlar va yo‘lovchilar soni 5 barobarga oshgan.

Shunday salohiyat Buxoroda ham bor. Lekin u yerdagi aeroport aholi va turistlar talabiga javob bermayapti. Mazkur aeroport soatiga 400 nafar yoki yiliga 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi, xolos. Bu – talabga nisbatan juda past.

Parvozlarni boshqarish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tizimlari, kutish-kuzatish zallari eskirgani qatnovlarni ko‘paytirish imkonini cheklayapti. Aksariyat sayyohlar Buxoroga borish uchun Toshkent, Samarqand yoki Urganch aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘layapti. Masalan, 9 oyda Buxoroga tashrif buyurgan 1 milliondan ziyod xorijiy turistlarning 95 foizi poyezd yoki avtomobilda borgan.

Viloyatda mehmonxonalar tarmog‘i, ziyorat turizmi rivojlanib bormoqda. Kelgusi uch yilda Buxoroga turistlar oqimini 8 millionga yetkazish reja qilingan.

Shu bois joriy yil 31 mayda Prezidentimizning viloyatga tashrifi chog‘ida Buxoro tumanida yangi xalqaro aeroport qurilishi boshlangan edi. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi ushbu loyiha doirasida jahon standartlariga mos aeroport tashkil etiladi. Soatiga 1 ming 200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Yo‘lovchi va havo kemalariga servis sifatini oshirish orqali yangi xalqaro aviakompaniyalar jalb qilinadi.

Taqdimotda loyihaning texnik-iqtisodiy jihatlari to‘g‘risida axborot berildi.

Davlatimiz rahbari yangi aeroportda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 2 barobar oshirib, soatiga 8 ta samolyot kelish-ketishiga imkoniyat yaratish zarurligini ta’kidladi. Terminalning qulayliklari, ichki va tashqi qiyofasi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasini ko‘rib chiqdi'ning rasmi

    Siyosat09.10.2024 20:01

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasini ko‘rib chiqdi

    Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytirilib, 25 ming gektarga yetkazilishi belgilanmoqda.

    'OTB O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida elektr uzatish liniyasi qurilishi uchun 15 mln dollar grant ajratadi'ning rasmi

    Siyosat09.10.2024 19:48

    OTB O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida elektr uzatish liniyasi qurilishi uchun 15 mln dollar grant ajratadi

    Yangi elektr uzatish liniyasi mintaqa mamlakatlari o‘rtasida elektr energiyasi eksporti va importini oshiradi.

    'O‘zbekistonda Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etildi'ning rasmi

    Siyosat09.10.2024 18:47

    O‘zbekistonda Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etildi

    U davlat xizmatchilarining shaxsiy va professional diagnostikasi, ularning kasbiy bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari va psixologik so‘rovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.

    'Qoraqalpog‘iston transport vaziri tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat09.10.2024 10:03

    Qoraqalpog‘iston transport vaziri tayinlandi

    MCHJ bosh direktori bo‘lgan Paraxat Kaipbekov vazir lavozimini egalladi.

    'O‘zbekiston elchisi Kuvayt Amiriga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi'ning rasmi

    Siyosat09.10.2024 09:02

    O‘zbekiston elchisi Kuvayt Amiriga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi

    Kuvayt Amiri shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh Elchi Ayubxon Yunusovni lavozimga kirishi bilan tabrikladi.

    'Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi'ning rasmi

    Siyosat09.10.2024 08:36

    Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston Prezidentini Rossiya sanoat va savdo vaziri kuzatib qo‘ydi.