AsosiyJamiyat

Sentyabrda poytaxtdagi o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxi 2,8 foizga oshdi

To‘liq ta’mirlangan xonadonlarniki esa 1,4 foizga ko‘tarildi.

'Sentyabrda poytaxtdagi o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxi 2,8 foizga oshdi'ning rasmi

Sentyabrda Toshkentda uy-joylar uchun ijara narxlarining oshishi davom etdi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari xabar berdi. 

Oy davomida poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari avgustga nisbatan 2,8 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 1,4 foizga oshdi. "O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasiga talabning oshishi bo‘yicha kutilmalar bunday uylarning ijara narxlariga ta’sir ko‘rsatdi", — deya qayd etgan MHTI.

Xususan, sentyabrda o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxi avgustga nisbatan 2,4 foizga, 2 xonali uylar uchun 3,4 foizga, 3 xonali uylar uchun 3,2 foizga, 4 xonali uylar uchun esa 2,1 foizga oshdi.

O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali — 291 dollar, 2 xonali — 363 dollar, 3 xonali — 403 dollar, 4 xonali — 463 dollar), Olmazor (1 xonali — 306 dollar, 2 xonali — 362 dollar, 3 xonali — 426 dollar, 4 xonali — 503 dollar) tumanlarida taklif etilgan.

Eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali — 358 dollar, 2 xonali — 445 dollar, 3 xonali — 548 dollar, 4 xonali — 721 dollar) va Yakkasaroy (1 xonali — 343 dollar, 2 xonali — 460 dollar, 3 xonali — 611 dollar, 4 xonali — 631 AQSH dollar) tumanlarida kuzatilgan.

To‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi

Oy davomida 3 xonali uy-joylarning ijara narxi 0,9 foiz pasaygan bo‘lsa-da, 2 xonali uy-joylarning ijara narxi o‘rtacha 1,1 foiz, 4 xonali uy-joylarning ijara narxi 2,3 foiz, 1 xonali uy-joylarning ijara narxi esa 3,1 foizga oshgan.

To‘liq ta’mirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali — 331 dollar, 2 xonali — 428 dollar, 3 xonali — 506 dollar, 4 xonali — 634 dollar) va Uchtepa (1 xonali — 393 dollar, 2 xonali — 453 dollar, 3 xonali — 538 dollar, 4 xonali — 717 dollar) tumanlarida taklif etilgan.

Eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali — 474 dollar, 2 xonali — 678 dollar, 3 xonali — 967 dollar, 4 xonali — 1278 dollar) va Shayxontohur (1 xonali — 442 dollar, 2 xonali — 708 dollar, 3 xonali — 1004 dollar, 4 xonali — 1272 dollar) tumanlarida kuzatilgan.

Ijara narxlari olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali olingan ochiq ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Bunda 2024 yilning avgust oyi uchun 52 mingta va sentyabr oyi uchun 51,9 mingta ma’lumotdan foydalanilgan. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirilgan.

    Boshqa yangiliklar