AsosiySiyosat

Tashqi ishlar vaziri Afg‘oniston elchisi bilan uchrashdi

Abdul G‘affor Teraviy Afg‘onistonning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatida faoliyatini boshlamoqda.

'Tashqi ishlar vaziri Afg‘oniston elchisi bilan uchrashdi'ning rasmi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatida faoliyatini boshlayotgan Abdul G‘affor Teraviy janoblari bilan uchrashdi. Bu haqda TIV rahbari o‘zining rasmiy sahifasida xabar qildi.

"Mamlakatlarimiz o‘rtasadagi mushtarak tarix va farovonlik manfaatlari barcha sohalardagi hamkorlik aloqalarimizni rivojlantirishga turtki bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi uchrashuvimiz davomida ikki tomonlama, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildik", - deydi Saidov. 

    Boshqa yangiliklar