AsosiyJamiyat

Olimpiada g‘oliblarining mukofotlari va sovg‘alari daromad solig‘idan ozod etiladi

Bu tartib 2025 yil 1 yanvardan amal qiladi.

'Olimpiada g‘oliblarining mukofotlari va sovg‘alari daromad solig‘idan ozod etiladi'ning rasmi

Fan olimpiadalari g‘oliblariga to‘lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar bermoqda.

“Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-346-son) ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan: 

  • nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarlarini jamoaning natijasiga qarab rag‘batlantirish tartibi joriy etiladi;
  • asosiy fan olimpiadalarining hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.

2025 yil 1 dekabrgacha:

  • xalqaro va mahalliy fan olimpiadalari natijalarining doimiy statistikasini yuritish, onlayn fan olimpiadalarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda olimpiadalar ishtirokchilarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini beruvchi elektron platforma yaratiladi;
  • O‘zbekistonda o‘tkaziladigan buyuk allomalar nomi bilan ataladigan xalqaro fan olimpiadalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtiriladigan, mahalliy va xorijiy o‘quvchilarning ushbu olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlarini ta’minlaydigan maxsus sayt ishga tushiriladi.

    Boshqa yangiliklar

    '"Xalqaro madaniy meros" haftaligi doirasida  xalqaro forumlar davom etmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 24.10.2024 16:32

    "Xalqaro madaniy meros" haftaligi doirasida xalqaro forumlar davom etmoqda

    Haftalik doirasida “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusida  xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

    'Turkiyalik xattotning Erdo‘g‘on uchun ko‘chirgan mus'haf nusxasi Toshkentda namoyish qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 24.10.2024 15:44

    Turkiyalik xattotning Erdo‘g‘on uchun ko‘chirgan mus'haf nusxasi Toshkentda namoyish qilindi

    O‘zbekistonda madaniy meros haftaligi doirasida  19 oktyabr kuni Istanbullik mashhur  xattot va islomshunos Husayn Kutlu ham yurtimizga keldi.

    'Qidiruvdagi o‘zbekistonlik sobiq mansabdor o‘n yildan so‘ng Turkiyada qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 24.10.2024 15:27

    Qidiruvdagi o‘zbekistonlik sobiq mansabdor o‘n yildan so‘ng Turkiyada qo‘lga olindi

    U 2011-2013 yillarda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan.

    'Sanoat korxonalari zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatishni paysalga solmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 24.10.2024 15:17

    Sanoat korxonalari zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatishni paysalga solmoqda

    Poytaxt havosining ifloslanishi ortidan prokuratura organlari respublika bo‘yicha rejaviy tekshirish tadbirlarini yo‘lga qo‘ydi.

    'Faol hokim yordamchilaridan iborat “Loyiha menejerlari” guruhi tashkil etiladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.10.2024 15:04

    Faol hokim yordamchilaridan iborat “Loyiha menejerlari” guruhi tashkil etiladi

    Guruhga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida yuqori natijaga erishib kelayotgan, ijobiy tajribaga ega 50 nafar hokim yordamchisi kiritiladi.

    '34 ming aholining muammolariga tezkorlik bilan yechim topildi'ning rasmi

    Jamiyat 24.10.2024 14:54

    34 ming aholining muammolariga tezkorlik bilan yechim topildi

    Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan aholi muammolarini aniqlash va hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.