Iqtisodiyot bo‘yicha 2024 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi.
Mukofot Daron Ajemog‘li, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga “institutlarning qanday shakllanishi va farovonlikka qay tarzda ta’sir ko‘rsatishi” bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari uchun berildi.
1968 yilda Shvetsiya banki tomonidan ta’sis etilgan iqtisodiyot bo‘yicha mukofot laureatlarining e’lon qilinishi Nobel haftaligini yakunlaydi. Mukofotlar 10 dekabr kuni, Alfred Nobel vafot etgan kuni topshiriladi. Mukofotning pul ekvivalenti — 11 million shved kroni, joriy kurs bo‘yicha 1 million AQSH dollaridan sal ko‘proqni tashkil qiladi. Pul mukofotidan tashqari, Shvetsiya qiroli sovrindorlarga medal va diplomlarni topshiradi.
Ma’lumot uchun, Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson “Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari” kitobi muallifi hisoblanadi.
- 2023 yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik Klaudiya Goldinga “mehnat bozorida ayollarning roli haqida olib borgan tadqiqotlari uchun” berilgandi.
- 2022 yilda esa Ben Bernanke, Duglas Diamond va Filipp Dyubvig “moliyaviy inqirozlar va bank ishi bo‘yicha tadqiqotlari uchun” taqdirlangan.