22 oktyabr kuni soat 06:20 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIB YHXBning ma’lum qilishicha 1985 yilda tug‘ilgan haydovchi S.K. "Lacetti" rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 2 nafar piyoda — 1953 yilda tug‘ilgan S.K. va 1960 yilda tug‘ilgan K.S.larni urib yuborgan va rul boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga to‘qnashgan.
Haydovchi va piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir piyoda 1960 yilda tug‘ilgan K.S. shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.