AsosiyJamiyat

Kvadroberlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi 18 yoshdan oshgan shaxslar tomonidan sodir etilgan bunday harakatlar mayda bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilinishini ma’lum qildi.

'Kvadroberlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin'ning rasmi

Toshkent shahrida hayvonlar qiyofasida niqoblarni taqib olgan kvadroberlar paydo bo‘lgani haqida xabar qilingan edi. 

IIV xabariiga ko‘ra, MJtKga muvofiq, o-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma' huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi B 5 barobarigacha (1 million 875 mi so‘mgacha) jarimaga tortishga sabab bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, mazkur harakatlar bilan fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish va jamoat tartibini buzish , fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik MJtKning 183-moddasi (mayda bezorlik) BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha jarima soishga yoki 15 sutkagacha muddatga qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar