AsosiyJamiyat

Faol hokim yordamchilaridan iborat “Loyiha menejerlari” guruhi tashkil etiladi

Guruhga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida yuqori natijaga erishib kelayotgan, ijobiy tajribaga ega 50 nafar hokim yordamchisi kiritiladi.

'Faol hokim yordamchilaridan iborat “Loyiha menejerlari” guruhi tashkil etiladi'ning rasmi

Prezident qarori bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida yuqori natijaga erishib kelayotgan, ijobiy tajribaga ega 50 nafar hokim yordamchisidan iborat “Loyiha menejerlari” guruhi tashkil etiladi. 

Bunda:

“Loyiha menejerlari” guruhi tarkibidagi har bir hokim yordamchisi samaradorlik ko‘rsatkichlari past bo‘lgan tuman (shahar)larga biriktiriladi va ular olti oygacha mazkur tuman (shahar)lardagi mahallalarga xizmat safariga yuboriladi;

xizmat safari davomida “Loyiha menejerlari” guruhidagi hokim yordamchilari, ish haqi va boshqa ijtimoiy to‘lovlar saqlab qolingan holda, lavozim maoshining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi;

“Loyiha menejerlari” guruhi tarkibidagi hokim yordamchilarining xizmat safari va ularni moddiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlar Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Hokim yordamchilarini qonunchilikda ularga yuklatilgan vazifalardan tashqari boshqa ishlarni bajarishga jalb etish taqiqlanadi.

    Boshqa yangiliklar