AsosiyDunyo

Floridada sodir bo‘lgan dovuldan so‘ng 13 kishi bakteriya sabab vafot etdi

Vibrio vulnificus bakteriyasini yuqtirgan har beshinchi odam vafot etadi.

'Floridada sodir bo‘lgan dovuldan so‘ng 13 kishi bakteriya sabab vafot etdi'ning rasmi

“Helen” va “Milton” dovullari ta’siriga uchragan AQSHning Florida shtatida Vibrio vulnificus bakteriyasi yuqishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Mahalliy Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shtatda jami 76 ta kasallik holati qayd etilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 30 taga ko‘pdir.

New York Post gazetasining Florida sog‘liqni saqlash departamentiga tayanib yozishicha, bo‘ronlardan keyin qolgan sel suvlari turli bakteriyalar, jumladan, Vibrio vulnificus uchun qulay yashash joyiga aylangan.

Odam ochiq yaralarga dengiz suvini olish yoki xom dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish orqali yuqishi mumkin. Alomatlar orasida isitma, titroq, past qon bosimi va terining shikastlanishi mavjud.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, 26 sentyabr kuni Florida shtatida “Xelen” to‘foni sodir bo‘lganidan keyin Vibrio vulnificus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 6 tadan 76 taga ko‘paygan.Sentyabr boshida birorta ham kasallik qayd etilmagan Pinellas okrugida 13 kishi kasallangan.

Amerika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda o‘rtacha 150 dan 250 gacha Vibrio vulnificus infeksiyasi mavjud. Yuqtirilgan har beshinchi odam vafot etadi.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '“Moskva Ukrana bo‘yicha muzokaralarga tayyor”'ning rasmi

    Dunyo 30.12.2024 13:24

    “Moskva Ukrana bo‘yicha muzokaralarga tayyor”

    Rossiya TIV kelishuv shartlarini aytdi.

    '“Uyda yolg‘iz” filmidagi uy sotib yuborildi'ning rasmi

    Dunyo 27.12.2024 15:26

    “Uyda yolg‘iz” filmidagi uy sotib yuborildi

    Qariyb 850 metr kvadrat maydonga ega ikki qavatli g‘ishtin uy joriy yil may oyida 5,25 million dollarga baholangan.

    'Tramp so‘nggi ikki yilda eng ko‘p Ukrainadagi urushni tugatishga va’da bergan'ning rasmi

    Dunyo 27.12.2024 13:21

    Tramp so‘nggi ikki yilda eng ko‘p Ukrainadagi urushni tugatishga va’da bergan

    Uning ommaviy bayonotlari, matbuot anjumanlari va intervyulari tahlil qilindi.

    'Putin gazni Polsha orqali Yevropaga yetkazib berishni taklif qildi'ning rasmi

    Dunyo 27.12.2024 12:09

    Putin gazni Polsha orqali Yevropaga yetkazib berishni taklif qildi

    Ukraina Rossiyadan tashqari har qanday davlatdan gazni Yevropaga yetkazib berishga roziligini aytgan.

    'Qirg‘izistonda davlat tilida xizmat ko‘rsatmaydigan tashkilotlar javobgarlikka tortilishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 27.12.2024 09:50

    Qirg‘izistonda davlat tilida xizmat ko‘rsatmaydigan tashkilotlar javobgarlikka tortilishi mumkin

    Mamlakatda mijozlarga faqat rus tilida xizmat ko‘rsatayotgani haqida ko‘plab murojaatlar tushgan.

    'JSST rahbari turgan aeroport Isroil havo hujumiga uchradi'ning rasmi

    Dunyo 26.12.2024 22:57

    JSST rahbari turgan aeroport Isroil havo hujumiga uchradi

    U tashkilotning hibsga olingan xodimlarini ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun Yamanga borgan.