AsosiyJamiyat

Bosh prokutarura OAVlarni noto‘g‘ri axborot tarqatishdan ogohlantirdi

Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlarga tayanish va havola keltirish so‘ralmoqda.

'Bosh prokutarura OAVlarni noto‘g‘ri axborot tarqatishdan ogohlantirdi'ning rasmi

So‘nggi kunlarda Bosh prokuratura tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali tasdiqlanmagan va asossiz, shuningdek, ishonchli rasmiy manbalarga tayanilmagan ma’lumotlar keng tarqatilmoqda. Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va OAVlarini noto‘g‘ri axborot tarqatishdan ogohlantirdi.

"Holbuki, holat yuzasidan tegishli idoralarning malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, tergov harakatlari davom etayotgani haqida xabar berilgan. Tafsilotlar haqida qo‘shimcha ravishda xabar beriladi.

Qonunchilikda axborot sohasidagi huquq hamda mas’uliyat aniq belgilangan – buni, ayniqsa, faol va katta auditoriyaga ega blogerlar, ijtimoiy tarmoqlardagi guruh va kanallar ma’murlari yaxshi his etishlari lozim. Chunki jamiyatda ular tarqatayotgan har qanday axborotni haqiqat sifatida qabul qiladiganlar ko‘p.

Media vakillari ham xuddi davlat organlaridan talab etilgani kabi sohaga oid amaldagi qonunchilik me’yorlariga rioya etishlari shart ekanligini unutmasligi kerak.

Shunga ko‘ra, jamoatchilik orasida turli noto‘g‘ri talqin va taxminlar tarqalishining oldini olish maqsadida, ommaviy axborot vositalaridan prokuratura organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor yoki tergov tadbirlarini yoritishda faqat Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlarga tayanish va havola keltirishni qat’iy so‘rab qolamiz.

Bosh prokuratura aholi orasida yolg‘on, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatadi!" - deyiladi rasmiy xabarda.

    Boshqa yangiliklar