AsosiyJamiyat

Rossiyada ota-ona qarovisiz qolib ketgan andijonlik bola O‘zbekistonga qaytarildi

Bola ota-onasining yaqin qarindoshiga ishonchnomasi asosida ketgan, ammo ushbu ishonchnoma Rossiyada yuridik kuchga ega bo‘lmagan.

'Rossiyada ota-ona qarovisiz qolib ketgan andijonlik bola O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Novosibirsk viloyati bo‘yicha voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari kuzatuvida Andijon viloyatida yashovchi voyaga yetmagan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi.

Mazkur holatga ko‘ra, bola ota-onasining yaqin qarindoshiga ishonchnoma asosida Rossiya Federatsiyasiga borgan bo‘lib, ammo ushbu ishonchnoma Rossiya hududida yuridik kuchga ega emasligi sababli voyaga yetmagan fuqaro ota-onasi qarovisiz qolgan deb e’tirof etilgan. 

Shu munosabat bilan, 2002 yil 7 oktyabrda qabul qilingan Minsk konvensiyasi doirasida voyaga yetmagan fuqaro O‘zbekistonga qaytarilishi lozimligi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil davomida 100 nafardan ortiq o‘zbekistonlik voyaga yetmagan fuqarolar vatanga qaytarilib, ularning ota-onalari yoki yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirildi. 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan xorijda qiyin vaziyatga tushgan bolalarni vatanga qaytarish va ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida qo‘shimcha lavozim joriy qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 22:14

    'Shavkat Mirziyoyev Arab Amirliklarining ikki vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 21:17

    Shavkat Mirziyoyev Arab Amirliklarining ikki vaziri bilan uchrashdi

    O‘zbekiston Prezidenti BAA bilan hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

    'Hokimlar Prezident borgan Bo‘stonliqdagi  turistik majmualar bilan tanishtirildi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 21:10

    Hokimlar Prezident borgan Bo‘stonliqdagi turistik majmualar bilan tanishtirildi

    Ayni paytda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida hokimlar malaka oshirmoqda.

    'AQSH Ukrainani lend-lizsiz qoldirdi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 20:07

    AQSH Ukrainani lend-lizsiz qoldirdi

    AQSHning 2025 yilga mo‘ljallangan yangi mudofaa budjeti loyihasida lend-liz haqida hech qanday gap yo‘q.

    'O‘zbekistonga kuchli sovuq havo oqimi kirib kelmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 08:27

    O‘zbekistonga kuchli sovuq havo oqimi kirib kelmoqda

    O‘zgidromet tezkor axborot bilan chiqdi.

    'Bugun ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 08:01

    Bugun ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

    Harorat 15 darajagacha iliq bo‘ladi.