AsosiyJinoyat

Toshkentda uch yoshli bolani pichoqlab o‘ldirgan yigitning umrbodga qamalgani rad etildi

Ayni paytda jinoyat ishi sudda mazmunan ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.

'Toshkentda uch yoshli bolani pichoqlab o‘ldirgan yigitning umrbodga qamalgani rad etildi'ning rasmi

Avvalroq Toshkentda yigit tanish ayolining uch yoshli o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirgani xabar qilingan edi. 

Ayni paytda ayrim manbalarda “3 yoshli bolaning qotili umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi” kabi xabarlar tarqalmoqda.

Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

"Shu o‘rinda yurtdoshlarimizni bu kabi «feyk» ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqiramiz.

Axborot resurslaridan haqqoniyligi tasdiqlanmagan, asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, yolg‘on axborot tarqatganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud!

Ma’lumot uchun: Jinoyat kodeksining 97, 25,97, 219 va 251-1-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan S. M. (1993 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan) ga oid jinoyat ishi Toshkent shahar sudiga joriy yilning 29 oktyabr kuni kelib tushgan bo‘lib, ayni paytda mazmunan ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda", - deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar