AsosiyJamiyat

Jizzaxda ota ikki nafar farzandi uchun 50 mln.so‘m aliment to‘ladi

U xorijga chiqmoqchi bo‘lgan.

'Jizzaxda ota ikki nafar farzandi uchun 50 mln.so‘m aliment to‘ladi'ning rasmi

Jizzaxda ota xorijga chiqish uchun alimentni oldindan to‘lashiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda MIB matbuot xizmati darakchi.uz'ga xabar berdi. 

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining qaroriga asosan qarzdor K.S.dan undiruvchi M.S. foydasiga voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun har oylik ish haqi va daromadidan aliment undirish belgilangan ijro varaqasi byuroning Paxtakor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor K.S. davlat ijrochilariga Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida, chiqishi lozim ekanligini, biroq  unga nisbatan xorijga chiqish huquqi vaqtincha cheklanganligini bildiradi.

Shunda davlat ijrochilari qonunchilikka ko‘ra, aliment qarzdorligini oldindan to‘lab berish orqali  chetga chiqishga bo‘lgan cheklov olinishini bildiradi. 

Shu bois qarzdor K.S. voyaga yetmagan ikki nafar farzandlari uchun 50 mln. so‘m aliment pullarini oldindan undiruvchiga to‘lab berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.