Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi, shuningdek, Moskva va Vladimir viloyatlaridan bolalar bog‘chalari va maktablardagi bolalarning Koksaki virusi bilan kasallanganligi haqida Rospotrebnadzorga tez-tez xabarlar kelib tushmoqda.
Yuqoridagi viloyatlar aholisi infeksiyaning tarqalishidan shikoyat qilib, bunda Koksakini Turkiyadan olib kelishi mumkin bo‘lgan rus sayyohlarini ayblagan.
“Rospotrebnadzor hududlarda Koksaki virusi aniqlangani haqidagi xabarlardan so‘ng maktab va bog‘chalarda ertalabki filtrlash tartib-qoidalarining bajarilishini nazoratga oldi”, deya xabar berdi departament matbuot xizmati.
Filtrlar isitma, yo‘tal, burun oqishi va shu kabi kasallik belgilarini tekshirishni o‘z ichiga oladi. Agar ular aniqlansa, bola tuzalib ketgunga qadar jamoadan ajratiladi.
“Rospotrebnadzor bolasida kasallikning klinik belgilari bo‘lgan ota-onalarning e’tiborini darhol tibbiy muassasaga murojaat qilishga qaratadi”, deyiladi xabarda.
Idora, shuningdek, kasalliklarning oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish zarurligini eslatib o‘tgan.
- Koksaki — bu isitma va toshma paydo bo‘lishi bilan tavsiflangan kasallik turi. Uning manbai faqat odam, xususan, kasal yoki sog‘lom tashuvchi hisoblanadi. Ko‘pincha mazkur virus suv, oziq-ovqat, iflos o‘yinchoqlar va qo‘llar orqali yosh bolalarga ta’sir ko‘rsatadi.