AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida ishlar sifatsiz bajarilgani uchun “dom” qurilishi to‘xtatildi

Binoning ayrim qismlarida g‘isht mustahkam terilmagani aniqlangan.

'Toshkent viloyatida ishlar sifatsiz bajarilgani uchun “dom” qurilishi to‘xtatildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahridagi ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishi to‘xtatildi. Bunga ishlar sifatsiz bajarilgani sabab bo‘ldi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xabariga ko‘ra, Kamolot ko‘chasidagi obyekt "Saidazim ota" MCHJ tomonidan qurilayotgan bo‘lgan.

8 qavatli, 48 xonadonga mo‘ljallangan binoning qurilish-montaj ishlari qurilish talablariga zid ravishda bajarilgan. Ajratma devorlarda g‘isht terishda belgilangan ko‘rsatkichlarga amal qilinmagan.

G‘isht terish jarayonlarida qurilish setkalaridan foydalanilmagan. Bu esa obyektda texnik va ichki nazorat ishlamaganini ko‘rsatadi, deyiladi inspeksiya xabarida.

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berilgan va ular ma’muriy jarimaga tortilishi belgilangan. Bino texnik tekshiruvdan o‘tkazilgangunga qadar qurilish ishlari to‘xtatildi.

"Qurilish ishlarini sifatsiz bajarib, o‘zingiz va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘ymang. Bunday binolar bir kun emas, bir kun falokatli holatlarga olib kelishi mumkin", — deb ta’kidlangan xabarda.

    Boshqa yangiliklar