AsosiySiyosat

O‘zbekistonda 18 ming kilometr magistral va 94 ming kilometr ichki kanallarni betonlash zarur

Prezident huzuridagi yig‘ilishda kelgusi yilda betonlashga 800 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

'O‘zbekistonda 18 ming kilometr magistral va 94 ming kilometr ichki kanallarni betonlash zarur'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan unumli foydalanish masalalari yuzasidan yig‘ilish boshlandi, deya xabar qilmoqda Prezident matbuot xizmati.

Unda noyabr-mart oylari kanallarni betonlash uchun eng qulay vaqtligi ta’kidlandi. Hali 18 ming kilometr magistral va 94 ming kilometr ichki kanallarni betonlash zarur.

Kanallarda yiliga 13 milliard kub metr suv yo‘qotilayapti. Bu – Andijon, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryoning bir yil ishlatadigan suviga teng.

Shu sababli kelgusi yilda betonlashga 800 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

Mas’ul idoralarga 66 ta magistral kanal loyihasi va ekspertizasini yakunlab, qurilish ishlarini tez fursatda boshlash, bunga arzon sement yetkazib berishni tashkil qilish topshirildi.

Umuman, hokimlar oldiga fermer va klasterlar bilan birgalikda 1 aprelgacha 15 ming kilometr ichki ariqlarni beton qoplamaga o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.

Mutasaddilar har bir kanalga ajratilayotgan har bir so‘mni maqsadli, tejamkorlik bilan to‘g‘ri ishlatish zarurligi haqida ogohlantirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelgusi 5 yilda aholimiz 40 milliondan ortishi kutilmoqda — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 20.11.2024 11:06

    Kelgusi 5 yilda aholimiz 40 milliondan ortishi kutilmoqda — Prezident

    Bosh vazir lavozimiga tavsiya etiladigan nomzod qator masalalar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘z dasturini taqdim etishi kerakligi qayd etildi.

    'Tuman va shahar kengashlariga ham hokimlar raislik qilmasligi kerak — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2024 12:01

    Tuman va shahar kengashlariga ham hokimlar raislik qilmasligi kerak — Prezident

    Davlat rahbari yuqori palatani bu bo‘yicha islohotga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.

    'Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi'ning rasmi

    Siyosat 18.11.2024 11:53

    Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi

    Mavluda Xodjayeva spikerning birinchi o‘rinbosari, Rahimjon Hakimov spiker o‘rinbosari etib saylandi.

    'Energiya ta’minoti bo‘yicha bajarilgan ishlar va rejalar ko‘rib chiqildi'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2024 19:59

    Energiya ta’minoti bo‘yicha bajarilgan ishlar va rejalar ko‘rib chiqildi

    Shavkat Mirziyoyev aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta’minlash, soha korxonalarida samaradorlikni oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

    '2030 yilga borib “Yashil” energiya ishlab chiqarishni 40 foizga yetkazamiz – vazir o‘rinbosari'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2024 17:41

    2030 yilga borib “Yashil” energiya ishlab chiqarishni 40 foizga yetkazamiz – vazir o‘rinbosari

    O‘zbekiston ham energiyani ko‘p iste’mol qiluvchi mamlakat bo‘lib, atmosferaga chiqayotgan chiqindilarning 70 foizi energetika sektoriga to‘g‘ri keladi.

    'Qozog‘istonda O‘zbekiston mahsulotlarini "Ulgurji tarqatish markazi" ochiladi'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2024 08:51

    Qozog‘istonda O‘zbekiston mahsulotlarini "Ulgurji tarqatish markazi" ochiladi

    Markaz faoliyati yil oxirigacha yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.