AsosiyJamiyat

“Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish” o‘tmaydi!”

Bugundan kuchga kiradigan o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar bo‘yicha Qonun yuzasidan Kadastr agentligi rahbari aholiga murojaat bilan chiqdi.

'“Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish” o‘tmaydi!”'ning rasmi

 2024 yilning 5 avgust sanasida davlat rahbari vatandoshlarimiz uchun muhim bo‘lgan Qonunni imzoladi.

Bugun 8 noyabrdan millionlab yurtdoshlarimiz kutgan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi. 2024–2025-yillar uchun tasdiqlangan reja-grafik asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.

Shu munosabat bilan Kadastr agentligi direktori Farrux Pulatov fuqarolarga murojaat bilan chiqdi!

"Qonun kuchga kirish sanasida sizga murojaat qilishimdan maqsad “ogohlikka” chaqirishdir!

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar” ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiraman!

Birinchidan, mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin “E’TIROF” dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda  egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.

Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik", - deyiladi murojaatda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi 10 ta ilmiy laboratoriya ochiladi'ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2024 15:47

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi 10 ta ilmiy laboratoriya ochiladi

    Sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

    'Endi uy qamog‘idagi shaxslar uchun elektron braslet joriy etiladi'ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2024 11:13

    Endi uy qamog‘idagi shaxslar uchun elektron braslet joriy etiladi

    Tartib 2025 yil 1 yanvardan boshlab amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etiladi.

    'Ozarbayjonda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2024 09:54

    Ozarbayjonda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi

    Hech qanday hujjatlari va mablag‘i bo‘lmagan fuqaro elchixonaga murojaat qilgan.

    'Bugun 6 ta viloyatda qor yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2024 08:12

    Bugun 6 ta viloyatda qor yog‘ishi kutilmoqda

    Respublikada 8 darajagacha sovuq bo‘ladi.

    'O‘zbekiston hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 06.12.2024 21:49

    O‘zbekiston hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

    Joriy yilning 8-11 dekabr kunlari kutilayogan ob-havo haqida xabar berildi.

    'O‘zbekiston va Xitoy energetika qo‘shma korxonasi tashkil etilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 06.12.2024 21:38

    O‘zbekiston va Xitoy energetika qo‘shma korxonasi tashkil etilmoqda

    Ushbu korxona O‘zbekiston hukumati uchun jahon standartlariga mos energetika rivojlanish strategiya va rejalarini ishlab chiqishda yordam ko‘rsatadi.