AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qildi. U bilan Rossiya-Ukraina urushini tezroq tugatishni muhokama qildi. Tramp Vashingtonning “Yevropadagi muhim harbiy ishtirokini” eslatib, Rossiya prezidentini keskinlashuvdan saqlanishga chaqirgan, deya xabar tarqatdiThe Washington Post.
"Ukraina hukumati Tramp va Putin o‘rtasidagi suhbat haqida ogohlantirilgan va Kiyev bunga e’tiroz bildirmagan", deb yozadi nashr.
Reuters xabariga ko‘ra, ushbu telefon muloqotidan bir kun oldin Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan ham gaplashgan va Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan.