AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev navbatdan tashqari arab-islom sammitida nutq so‘zladi

Davlatimiz rahbari urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekiston shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyor ekanini ta’kidladi.

'Shavkat Mirziyoyev navbatdan tashqari arab-islom sammitida nutq so‘zladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni navbatdan tashqari arab-islom sammitida nutq so‘zladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Saudiya Arabistoni raisligida o‘tgan tadbirda Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo, Afrika qit’asining yetakchi mamlakatlarining davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, xalqaro hamjamiyatning G‘azo va Livandagi keskinlikni kamaytirish, yuzaga kelayotgan vaziyatni tez fursatda siyosiy yo‘l bilan hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlarini birlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari global siyosat kun tartibidagi eng o‘tkir va og‘riqli masala – Falastin muammosiga bag‘ishlangan sammitni tashkil etgani uchun Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud hamda Valiahd Muhammad bin Salmon Ol Saudga alohida minnatdorlik bildirdi.

2023 yili Ar-Riyod shahridagi yig‘ilishdan keyin o‘tgan vaqt mobaynida ushbu urush ko‘lami yanada kengayib, Livan hududini ham qamrab olgani afsus bilan qayd etildi.

Prezidentimiz Falastin-Isroil muammosini tinchlik va diplomatiya yo‘li bilan hal etishga qaratilgan barcha amaliy tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Bugungi sammitda global va mintaqa darajasida samarali mexanizmlar va aniq yechimlar ishlab chiqilib, hayotga joriy etilishiga ishonch bildirildi.

Harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish, xavfsiz gumanitar yo‘laklarni ta’minlash va tinchlik muzokaralarini boshlash masalalari Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xavfsizlik Kengashining doimiy e’tibor markazida turishi zarurligi qayd etildi.

Qadimiy va boy tarixga ega falastin xalqi 1967 yildagi chegaralar doirasida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil va ozod davlatini tuzishga to‘la haqli ekani ta’kidlandi.

Shu ma’noda, Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan tashkil etilgan Ikki davlat yechimi uchun global alyans faoliyati qo‘llab-quvvatlandi.

Bundan tashqari, Falastin va Livan hududidagi gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida yetakchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Maxsus agentligi doirasida yordam ko‘lamini kengaytirish taklif etildi.

Davlatimiz rahbari urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekiston shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyor ekanini ta’kidladi.

Falastin xalqiga amaliy yordam ko‘rsatish masalalarini kelgusi yili Samarqandda o‘tadigan “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” sammitida ham muhokama qilish niyati bildirildi.

Prezidentimiz muqaddas Al-Aqso masjidi, Quddusdagi boshqa noyob tarixiy-madaniy yodgorliklarning daxlsizligini ta’minlash hamda ularni beshikast saqlab qolish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

So‘zining yakunida davlatimiz rahbari mazkur uchrashuv Yaqin Sharq muammosini hal etishda katta qadam bo‘lishiga umid bildirdi.

Muhokamalardan so‘ng tomonlar mojaroning siyosiy-diplomatik yechimini jadal izlashga sodiqligini tasdiqlovchi qo‘shma rezolyutsiya qabul qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 29.11.2024 09:34

    O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi

    Ravshanbek Alimov bunga qadar Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan.

    'Italiya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi'ning rasmi

    Siyosat 27.11.2024 09:16

    Italiya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi

    Elchi Agostino Pinna bilan xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazildi.

    'Dunyoda 2000 yildan boshlab onalar o‘limi uchdan bir qismga kamaydi'ning rasmi

    Siyosat 26.11.2024 09:25

    Dunyoda 2000 yildan boshlab onalar o‘limi uchdan bir qismga kamaydi

    O‘zbekiston delegatsiyasi "Pekin+30" sharhi bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi

    'O‘zbekiston—Xitoy o‘rtasida viza tartibi yanada erkinlashtirilishi kutilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 25.11.2024 09:25

    O‘zbekiston—Xitoy o‘rtasida viza tartibi yanada erkinlashtirilishi kutilmoqda

    Xitoyning viza siyosati, ikki mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish xususida fikr almashildi.

    'O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Niderlandiyada ham elchi etib tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 22.11.2024 07:46

    O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Niderlandiyada ham elchi etib tayinlandi

    Elchi G‘ayrat Fozilov ishonch yorliqlarini topshirdi.

    'Kelgusi 5 yilda aholimiz 40 milliondan ortishi kutilmoqda — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 20.11.2024 11:06

    Kelgusi 5 yilda aholimiz 40 milliondan ortishi kutilmoqda — Prezident

    Bosh vazir lavozimiga tavsiya etiladigan nomzod qator masalalar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘z dasturini taqdim etishi kerakligi qayd etildi.