Namangan viloyati Uychi tumanida 9 noyabr kuni poyezd va yengil avtomobil to‘qnashib ketdi. Bu haqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, soat 10:20 larda Uychi-Chortoq temiryo‘l bekatlari oralig‘idagi qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida haydovchi (1961 yilda tug‘ilgan) Damas avtomashinasini boshqarib borayotib, kesishmadagi to‘xtash ishorasi va svetoforga amal qilmagan. U harakatda davom etishi oqibatida temiryo‘lda kelayotan elektrovozning yuk vagoniga borib urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.
"O‘zbekiston temir yo‘llari"ning qo‘shimcha qilishicha, mashinist tezkorlik bilan tormozni bosgan, ammo to‘qnashuvning oldini olish iloji bo‘lmagan. Hududda poyezdlar harakati jadvalida o‘zgartirishlar bo‘lmagan.